Kim ishda, kim kechikdi — telefoningizda.
Xodim Telegram'da «Keldim» bosadi. adone joylashuvni, jonli selfini, yuzni va telefonni tekshiradi. Siz kim ishda ekanini, kim kechikkanini va bugun nima qilinganini bir qarashda ko'rasiz.
To'rt qatlam. Bitta «Keldim» ortida.
Filial hududida
Joylashuv filial radiusi ichida bo'lishi shart. Xaritadan tanlangan yoki forward qilingan joylashuv qabul qilinmaydi.
Faqat jonli kamera
Galereyadan rasm yuklab bo'lmaydi. Mini App old kamerani o'zi ochadi, botda — dumaloq video.
Xodimning o'zi
Selfi ro'yxatdan o'tishda olingan yuz namunasi bilan solishtiriladi. Bosh burilishi ham tekshiriladi.
O'z telefonidan
Birinchi «Keldim» telefonni bog'laydi. Boshqa telefondan kelsa — rahbarga «Shubhali».
Davomatdan ish haqigacha. Bitta tizimda.
Davomat
Keldi, ketdi, tanaffus, tungi smena. «Ketdim» unutilsa — avtomatik yopiladi.
Vazifalar
Bir yoki o'nta xodimga, muddat va isbot bilan: rasm, video, joylashuv. Tasdiq yoki qaytarish, baho 1–5.
O'zi qo'shgan ishlar
Xodim qilgan ishini o'zi yozadi. Rahbar kun bo'yicha ish jurnalini ko'radi.
Ruxsat so'rovlari
Kasal, ta'til, shaxsiy ish — botda so'raladi, bir tugma bilan tasdiqlanadi.
Oylik tabel
Har kun — rangli katak: ishlagan soat va kechikish daqiqasi. Excel'ga bir bosishda.
Ish haqi
Kechikish jarimasi, qo'shimcha soat, vazifa bonusi — qoidani o'zingiz yozasiz. Oyni yopasiz — hisob o'zgarmaydi.
Jurnalga istalgan vaqtni yozish mumkin. Telegram guruhga «keldim»ni uydan ham yozish mumkin. adone'da esa «Keldim» faqat filialda, faqat jonli kamera bilan, faqat xodimning o'zi va o'z telefonidan qabul qilinadi — oy oxirida tabel tayyor turadi.
Ertalab 09:00 dan oldin. Hammasi aniq.
Biznesingizni tanlang. Ertaga ertalab boshlang.
Xodimlar soniga qarab. 14 kun bepul.
Boshlashdan oldin so'rashadi.
Yo'q. Hammasi Telegram ichida: bot va Mini App. Smartfon va internet yetarli.